“Real Madrid” yozda tarkibga jiddiy o'zgartirishlar kiritmoqchi
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibiga ko'plab o'zgartirishlar kirtishi mumkin. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Qirollik klubi”ni besh nafarga yaqin futbolchi tark etadi, ”Real” esa taxminan to'rt futbolchini xarid qiladi.
Himoyachi Lukas Vaskes va Xesus Valyexo yozda jamoani tark etishi mumkin. Luka Modrich esa maoshini kamaytirishga rozi bo'lsa, klubda qoladi.
Shuningdek, ispan grandi eng ko'p maosh oluvchi himoyachi David Alabadan ham qutulishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, “Real” Fran Garsiya va Ferlan Mendi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Rodrigoning kelajagi esa haligacha noaniqligicha qolmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist