locale OZ

“Real Madrid” Xabi Alonso bilan shartnoma imzoladi - Marca

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” Xabi Alonso bilan shartnoma imzoladi - Marca
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi Xabi Alonso bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Alonso Madridga 2018-yildan beri birga ishlab kelayotgan yordamchisi Sebas Parrilyani o'zi bilan olib keladi.

Qayd etilishicha, amaldagi bosh murabbiy Karlo Anchelotti 25-may kuni, mavsumning so'nggi o'yinidan so'ng Madrid klubi bilan xayrlashadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da “Bayer” Alonsoning ketishiga tayyorgarlik ko'rayotgani va uning o'rniga nomzodlarni o'rganib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting