locale OZ

“Real Madrid” Trent ortidan “Liverpul”ning yana bir himoyachisini qo'lga kiritishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” Trent ortidan “Liverpul”ning yana bir himoyachisini qo'lga kiritishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi Trent Aleksandr-Arnolddan tashqari yana bir “Liverpul” himoyachiga ko'z tikmoqda. Bu haqda TBR Football nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar Ibrahima Konate bilan yangi shartnoma borasida muammolarga duch keldi. Gap shundaki, Konate muzokaralar chog'ida “Liverpul”da eng ko'p maosh oladigan futbolchilardan biriga aylanishni istayotganini aytgan.

Qayd etilishicha, agar “qizillar” Konate bilan kelishuvga erisha olmasa, uni yozgi transferlar vaqtida sotishga harakat qiladi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli himoyachining “Liverpul” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting