locale OZ

“Real Madrid” Tibo Kurtua bilan shartnomani 2028-yilgacha uzaytirmoqchi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
“Real Madrid” Tibo Kurtua bilan shartnomani 2028-yilgacha uzaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua bilan shartnomani 2028-yilgacha uzaytirmoqchi. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, madridliklar Kurtua darvozabon pozitsiyasida klub uchun eng yaxshi variant ekanligiga ishonmoqda.

Ma'lumot uchun, Tibo 2018-yildan buyon “Real Madrid” safida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 48 ta gol o'tkazib yubordi, 14 ta o'yinda esa o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kurtuaning “Qirollik klubi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting