«Real Madrid» Mak Allisterga e'tibor qaratgan
«Real Madrid» Liverpool» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu argentinalik futbolchini markazda o‘yinni tashkil etish uchun ideal variant deb hisoblamoqda. Portugaliyalik mutaxassis fikricha, Mak Allister avval Toni Kroos bajargan vazifalarni o‘z zimmasiga ola oladi.
Xabarlarga ko‘ra, yaqin kunlarda «Real» vakillari «Liverpul» rahbariyati bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, madridliklar futbolchining o‘zi Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga qanchalik qiziqish bildirishini ham aniqlamoqchi.
Qayd etilishicha, Mourinyu jamoani yuqori darajada tajribaga ega, katta sahnada o‘zini ko‘rsatgan yarim himoyachi bilan kuchaytirishni istamoqda. Uning fikricha, bunday futbolchi uzoq moslashuv davrisizoq jamoa yetakchilaridan biriga aylanishi mumkin.
O‘tgan mavsumda 27 yoshli Mak Allister barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etdi.