locale OZ

“Real Madrid” Karlo Anchelottining kelajagi borasida bir qarorga keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” Karlo Anchelottining kelajagi borasida bir qarorga keldi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum oxirida iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Chempionlar Ligasida “Arsenal”dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng italiyalik mutaxassisning kursisi qimirlab qolgan.

Qayd etilishicha, “Real” keyingi mavsumda Anchelottining o'rniga Xabi Alonsoni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o'yinida “Arsenal” “Real” darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi. Tomonlar o'rtasidagi javob o'yini 16-aprel sanasida “Bernabeu” stadionida bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting