locale OZ

“Real Madrid” Andrey Lunin o'rniga boshqa darvozabon olib keladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” Andrey Lunin o'rniga boshqa darvozabon olib keladi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi “Chelsi”ning 30 yoshli darvozaboni Kepa Arrizabalagaga qiziqish bildirmoqda va uni jamoaning zaxira darvozaboni Andrey Luninning o'rniga olib kelmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ukrainalik golkiper kelasi yozda ispan grandini tark etmoqchi. Bunga sabab qilib o'yin vaqtlari kamligi ko'rsatilgan. Lunin o'z qarori haqida rahbariyatni xabardor qilgan.

Eslatib o'tamiz, Arrizabalaga 2023/2024-yilgi mavsumda ijara asosida “Real” safida to'p surgan. Joriy mavsumda esa ispaniyalik darvozabon “Bornmut” sharafini himoya qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Kepaning londonliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 11 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting