locale OZ

“Real Madrid” 90 million yevroga jahon chempionini sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” 90 million yevroga jahon chempionini sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar vaqtida o'z tarkibini “Liverpul” yarim himoyachisi bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda Empire of the Kop nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Qirollik klubi” Aleksis Makallisterga qiziqish bildirmoqda va 26 yoshli futbolchi uchun mersisaydliklarga 90 million yevro taklif qilishga tayyor.

Ta'kidlanishicha, Makallister va uning vakillari futbolchining La Ligaga ko'chib o'tishga tayyorligini bildirgan.

Ma'lumot uchun, Aleksis Makallister 2023-yildan buyon “Liverpul” safida o'ynab kelmoqda. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting