«Real Madrid» 2024/25 yilgi mavsumda dunyodagi eng yaxshi klub deb e'lon qilindi


21 aprel kuni Ispaniyaning Madrid shahrida Laureus World Sports Awards – 2025 mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yilning eng yaxshi jamoasi unvoniga Madridning «Real» klubi sazovor bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda madridliklar Ispaniya chempioni va UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lishgan edi.
Joriy mavsumda «Real» Chempionlar Ligasida o‘z ishtirokini yakunladi - chorak finalda jamoa Londonning «Arsenal» klubiga 1:5 umumiy hisobda mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramasdan, madridliklar Ispaniya chempionligi uchun kurashni davom ettirmoqda. La Liganing 32-turidan so‘ng «Real» 69 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan to‘rt ochko ortda qolmoqda.

Futbol
Kecha da 17:06

Futbol
Kecha da 14:13

Futbol
Kecha da 13:19