locale OZ

“Real Madrid” 16 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” 16 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi “Ayaks” yoshlar tizimi vakili Abdulloh Uazanni sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 16 yoshli marokashlik markaziy yarim himoyachi Niderlandiya klubi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha uch marta taklif olgan, biroq u “Qirollik klubi”ga o'tishni afzal ko'rgan.

Ta'kidlanishicha, Uazan 30-iyun kuni erkin agentga aylanadi, shuning uchun u ispan grandi safiga tekinga borib qo'shilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Uazan 2016-yildan buyon “Ayaks” tizimida o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting