locale OZ

«Real» Kvartxeliya uchun 150 mln yevro taklif qilishi mumkin

Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
"Real" Kvartxeliya uchun 150 mln yevro taklif qilishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Real Madrid” PSJ yarim himoyachisi Xvicha Kvartxeliya uchun 150 million yevro taklif qilishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres avvalroq ismini oshkor qilmagan futbolchining transferi uchun 150 million yevro miqdorida taklif bilan chiqishini ma'lum qilgan edi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, madridliklar allaqachon gruziyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish ustida ish boshlagan.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Xvicha Kvartxeliya barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting