«Real» Kurtuaga yangi shartnoma taklif qiladi
Фото: Getty Images
Madridning “Real” klubi Thibaut Courtois bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar ikki yillik yangi bitim borasida og‘zaki kelishuvga erishgan.
Courtuaning “qirolicha klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Agar yangi kelishuv rasmiy tasdiqlansa, belgiya posboni 2027/28 yilgi mavsum yakunigacha “Real Madrid” safida harakat qilishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Thibaut Courtois 2018 yil yozida “Chelsea”dan 35 million yevro evaziga “Real” safiga qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida klub safida 289 ta o‘yinda maydonga tushib, 282 ta gol o‘tkazib yuborgan va 114 ta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist