\"Real\" Kurtua bilan shartnomani uzaytiradi
Klub 33 yoshli belgiya darvozabonidan mamnun
Photo: Getty Images
Madridning “Real” klubi 33 yoshli darvozabon Thibaut Kurtoaga yangi shartnoma taklif qiladi, deya xabar beradi insayder Fabrizio Romano.
Qayd etilishicha, Madrid klubi Kurtuaning o‘yinidan juda mamnun. "Real" 1-iyul kuni Kurtoaga yangi mehnat shartnomasini taklif qiladi. Yangi shartnoma shu yil yozida imzolanishi kutilmoqda.
Futbolchining “Real” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi. U 2018 yil yozidan beri “qirolicha” klub safida to‘p surmoqda.
O‘tgan mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 47ta o‘yinda maydonga tushgan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.