locale OZ

«Real» «Komo»ni Pasni 60 mln yevroga sotib olishni taklif qildi — Romano

Futbolchi Madrid klubiga qaytishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» «Komo»ni Pasni 60 mln yevroga sotib olishni taklif qildi — Romano
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi "Komoni" argentinalik yarim himoyachi Nico Pasni 9 mln yevro evaziga sotib olish bandi faollashtirilgani haqida rasmiy xabar berdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar Italiya klubiga futbolchini 60 mln yevroga sotib olishni taklif qilgan.

Xabarga ko‘ra, muhlat 29-iyun, dushanbagacha belgilangan. Aks holda, Nico Pas "Real"ga qaytadi va yana 60 mln yevrodan yuqori narxda savdoga qo‘yiladi.

Nico Pas 2024 yil yozida "Real" yoshlar jamoasidan "Komoga" o‘tgan edi. Kelishuv summasi, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shanda 6 mln yevroni tashkil qilgan. Bitimda "qaymoqranglilar" futbolchini qaytarib olishni xohlasa, tovon puli miqdori ko‘rsatilgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting