«Real» klubi o‘rtoqlik bahsida «Alkorkona»ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi
Yagona gol 81-daqiqada Daniel Yanes tomonidan penaltidan urildi.
photo: gettyimages
Madridning «Real» klubi o‘rtoqlik bahsida «Alkorkona»ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol 81-daqiqada Daniel Yanes tomonidan penaltidan urildi.
Relevo jurnalisti Rodraning xabar berishicha, ushbu bahsda madridliklar safida Franko Mastantuono harakatlari bilan ajralib turdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Bu bellashuvda Lunin, Trent, Mastantuono, Guler, Gonsalo Garsiya, Kamavinga kabi o‘yinchilar harakat qildi.
O‘rtoqlik o‘yini
Real – Alkorkona 1:0
Gol: Yanes 81 penalti.
Ibrohim Jalolov
Redaktor