locale OZ

«Real» Kalafiori bilan shartnoma imzolamoqchi

Ispaniya klubi ushbu transferni ustuvor deb hisoblamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Kalafiori bilan shartnoma imzolamoqchi
ФОТО: Getty images

"Real" "Arsenal" himoyachisi Rikkardo Kalafiori bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, Ispaniya klubi ushbu transferni ustuvor deb hisoblamoqda va 24 yoshli italiyalikni sotib olish bo'yicha London klubiga rasmiy so'rov yuborgan.

O'tgan kuni jurnalist Ramon Alvarez de Monning xabar berishicha, yaqin orada "Real"ga tayinlanishi kutilayotgan murabbiy Joze Mourino Madrid klubidan "Arsenal" himoyachisini sotib olishni so'ragan.

O'yinchining universalligi Mourinoni hayratda qoldirmoqda — Kalafiori ham himoya markazida, ham chap qanotda harakat qila oladi. Bundan tashqari, u avvalroq futbolchi bilan "Roma"da ishlagan.

O'tgan mavsumda himoyachi "Arsenal" safida barcha turnirlarda 36 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Kalafiorining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting