locale OZ

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda uni diktator qiyofasida tasvirlaydigan memlarga qanday munosabatda ekanini aytdi

Mbappe uni diktator qiyofasida tasvirlaydigan memlarga munosabat bildirdi
«Real» hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda uni diktator qiyofasida tasvirlaydigan memlarga qanday munosabatda ekanini aytdi
photo: gettyimages

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda uni diktator qiyofasida tasvirlaydigan memlarga qanday munosabatda ekanini aytdi.

«Qaysidir ma’noda bu kulgili, chunki ayrim odamlar uchun bu shunchaki zararsiz hazil ekanini tushunaman. Ammo buning unchalik kulgili bo‘lmagan tomoni ham bor. Chunki tarixda bunday odamlar qanchalik ko‘p fojialarga sabab bo‘lganini yaxshi bilamiz.

Seni odamlarni o‘ldirgan yoki millionlab insonlarni baxtsiz qilgan shaxslar bilan qiyoslashsa... Menimcha, men hech qachon bunga o‘xshash ish qilmaganman. Shuning uchun bu masalaga munosabatim bir xil emas.

Bir tomondan, buning barchasi jiddiy qabul qilinmasligini va odamlar bunday qiyoslarda unchalik chuqur ma’no izlamasligini tushunaman. Ammo ba’zan bu siyosiy va insoniy ong yetishmasligini ham ko‘rsatadi», — deya Mbappening so‘zlarini L'Equipe keltirdi.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Mbappe klubda haddan tashqari katta ta’sirga ega va turli qarorlarni qabul qilish imkoniyati bor, degan hazillar asosida uni diktator obrazida tasvirlaydigan memlar tarqalmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting