locale OZ

“Real” himoyasi yana darz ketdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” himoyasi yana darz ketdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba yana jarohat oldi. Bu haqda “qaymoqranglilar” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Tibbiy ko'rikdan so'ng David Alaba chap oyog'ining boldirini shikastlab olgani aniqlandi”, - deyiladi klub bayonotida.

Ma'lumotlarga ko'ra, avstriyalik futbolchi ushbu jarohat sabab bir oyni o'tkazib yuborishi mumkin. Bundan ko'rinadiki, Alaba uchun Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z yakuniga yetdi.

Eslatib o'tamiz, Alaba 2023-yilning dekabr oyidan 2025-yilning yanvarigacha jarohati sabab maydonga tusha olmagandi. Umuman olganda, 33 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 14 ta o'yinda ishtirok etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting