«Real» Hakimini ortga qaytarmoqchi
“Real” klubi PSJ safida to‘p surayotgan marokashlik himoyachi Ashraf Hakimiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirolicha klub” Hakimining “Real”dagi sobiq jamoadoshi va yaqin do‘sti Kilian Mbappe bilan bo‘lgan munosabatidan foydalanib, Madridga qaytarishga harakat qilmoqda.
Lekin bu oson kechmaydi. Chunki Hakimi yaqinda parijliklar bilan amaldagi bitimini 2029 yilning yozigacha uzaytirdi.
Ikkinchidan, “Real” va PSJ o‘rtasidagi munosabatlar hanuz sovuq holda qolmoqda.
Ashraf 2021 yildan buyon Parij klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalar doirasida jami 185 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 25 ta gol va 37 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.