locale OZ

«Real» Gexini sotib olishga tayyor

Shuningdek, “Bavariya” hamda “Barselona” ham futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Gexini sotib olishga tayyor
ФОТО: Getty images

“Real” klubi qishki transfer oynasida “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gexini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Real Madrid Confidencial nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qirolicha klubi” 24 yoshli ingliz futbolchisi uchun 30-35 million yevrolik taklif tayyorlamoqda.

Shuningdek, “Bavariya” hamda “Barselona” ham futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda.

Mark Gexi joriy mavsumda “Kristal Pelas” safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 2 golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali uning qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting