locale OZ

«Real» futbolkalar sotuvi boʻyicha dunyoda yetakchilik qilmoqda

Madrid klubi ortida «Barselona» va «PSJ» bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» futbolkalar sotuvi boʻyicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi futbolkalari dunyoda eng ommabop bo‘lib, 2025 yilda sotuv bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Euroméricas Sport Marketing xabar bermoqda.

Klub yil boshidan buyon 3,1 milliondan ortiq futbolka sotgan birinchi jamoaga aylangan. Bu natijaga, ayniqsa, Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellingem kabi futbolchilarning mashhurligi yordam berdi.

Sotuv bo‘yicha eng yuqori beshlik quyidagilar bilan to‘ldirilgan: «Barselona» (2,9 mln), «PSJ» (2,5 mln), «Bavariya» (2,4 mln) va «Inter Mayami» (2,2 mln).

Ispaniya chempionatida 13 turdan so‘ng, «Real» turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Jamoaning hisobida 32 ochko bor.

Keyingi turda madridliklar 30 noyabr kuni «Jirona» bilan uchrashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting