«Real» futbolchilariga BMW avtomobillari sovg'a qilindi
Madridning "Real" klubiga homiylik qiluvchi BMW kompaniyasi futbolchilarga avtomobil sovg'a qildi.
Kompaniya va klubning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, har yili futbolchilarga yangi avtomobillar taqdim etiladi.
Eng mashhur model 135 ming yevrodan boshlanadigan BMW i7 bo‘ldi. Ushbu rusumdagi avtomobillar Kylian Mbappe, Arda Gyuler, Eder Militao, Vinisius, Dani Carvajal, Antonio Rüdiger, Alvaro Carreras, Endrik va Raul Asensio kabi futbolchilarga topshirildi. Bosh murabbiy Xabi Alonso ham shu modelni oldi.
Thibaut Courtois, Jude Bellingham, Rodrigo, Dean Huijsen, Brahim Diaz va Ferland Mendy esa mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi, narxi 200 ming yevrogacha bo‘lgan XM modelini oldi.
100 ming yevro atrofida bo‘lgan avtomobillarni Franco Mastantuono (i4 taxminan 50 ming yevro), Trent Alexander-Arnold va Eduardo Camavinga (iX taxminan 80 ming yevro) hamda Hansalo Garcia (i5 taxminan 70 ming yevro) tanlashdi. Andrey Lunin esa 160 ming yevrodan qimmat bo‘lgan M5 modelini olishga qaror qilgan.