locale OZ

«Real» futbolchilari Xabi Alonsoning oʻyin uslubidan norozi boʻlmoqda

43 yoshli mutaxassis oʻtgan yozda madridliklar boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» futbolchilari Xabi Alonsoning oʻyin uslubidan norozi boʻlmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi ichki muhitida ayrim futbolchilar bosh murabbiy Xabi Alonsoning yondashuvidan norozi ekani aytilmoqda. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, bir necha oʻyinchi ispaniyalik mutaxassis ularni haddan tashqari qattiq nazorat ostida ushlab, yetarlicha tushunmayotganini his qilmoqda.

Ayniqsa, futbolchilar murabbiyning Chempionlar ligasi 4-turida «Liverpul»ga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqalarida Trent Aleksandr-Arnoldni maydonga tushirish qarorini tushunmagan. U oʻyinda «Enfild» muxlislari tomonidan hushtak bilan kutib olingan edi.

Maʼlumot uchun, 43 yoshli Alonso o‘tgan yozda «Real» bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting