locale OZ

\"Real\" Florian Virtzni qo‘lga kiritishga umid qilmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Madridning "Real" jamoasi "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virtzga qiziqish bildirishda davom etmoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda. AS nashri ma'lumotiga ko‘ra, hozircha futbolchi uchun kurashda "Liverpul" favorit hisoblanayotgan bo‘lsa-da, "Real" rahbariyati o‘z imkoniyatlariga ishonib turibdi.

Madridliklar Virtzni o‘z jamoasiga olib kelishda Xabi Alonsoning bosh murabbiy etib tayinlanishi hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin, deb hisoblashmoqda.

Joriy mavsumda Florian Virtz barcha musobaqalarda 45 o‘yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting