locale OZ

«Real» Enso Fernandes bilan kelishuvga erishdi — manba

Ispan grandi va futbolchi o‘rtasida 2032 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Enso Fernandes bilan kelishuvga erishdi — manba
ФОТО: Getty images

Real Chelsi va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, ispan grandi va futbolchi o‘rtasida 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida prinsipial kelishuvga erishilgan.

Ta’kidlanishicha, Real yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun Chelsiga yirik taklif tayyorlamoqda, futbolchining o‘zi ham London klubini tark etib, Madridga o‘tishni istamoqda.

Boshqa bir insayder Matteo Moretto argentinalik futbolchi ispan grandining asosiy transfer maqsadi ekanligini ma’lum qildi.

Avvalroq Chelsi Fernandesning transferi uchun 138 mln yevro so‘ragani xabar qilingandi.

O‘tgan mavsumda Fernandes barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda ishtirok etib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 90 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting