locale OZ

«Real» Dumfrisni kuzatmoqda

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Real Dumfrisni kuzatmoqda
ФОТО: Getty images

“Real” jamoasiga bosh murabbiylikka yaqin turgan Joze Mourinyo o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasi uchun “Inter” futbolchisi Denzel Dumfris nomzodini ma’qullamoqda. U Dani Karvaxal o‘rniga asosiy variant sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining shartnomasida 25 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis klub transfer siyosatida muhim so‘z huquqiga ega bo‘lishi ta’kidlangan.

Joriy mavsumda Dumfris barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati ham 25 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting