locale OZ

«Real» Diomande transferini yakunlashga yaqin – Jacobs

Yan 2025 yilning yozida Germaniya klubiga kelib qo‘shilgan.
«Real» Diomande transferini yakunlashga yaqin – Jacobs
ФОТО: Getty images

Madridning «Real» klubi «RB Leyptsig» vingeri Yan Diomande transferini amalga oshirishga juda yaqin turibdi.

Insayder Ben Jacobsning ma’lum qilishicha, «qaymoqranglilar» 19 yoshli iqtidorli futbolchining transferi bo‘yicha «RB Leyptsig» bilan prinsipial kelishuvga erishgan.

Avvalroq esa ivuariyalik vingerning o‘zi «Real» bilan besh yillik shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan edi.

Yan Diomande 2025 yilning yozida Germaniya klubiga kelib qo‘shilgan. U Bundesligadagi debyut mavsumida yuqori saviyada o‘yin namoyish etib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Agar barcha rasmiy jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlansa, Diomande yaqin vaqt ichida «Real» futbolchisi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting