locale OZ

«Real» Diomand transferi uchun Rodri bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi — AS

Kot-d’Ivuar terma jamoasi futbolchisi bilan besh yillik shartnoma uzil-kesil kelishilgan.
«Real» Diomand transferi uchun Rodri bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi — AS
ФОТО: Getty images

"Real Madrid" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrining transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.

AS nashrining yozishicha, kechikish asosiy jamoadagi boshqa vaziyatlar, xususan, "RB Leypsig"dan hujumchi Yan Diomandning transferi bilan bog‘liq. Kot-d’Ivuar terma jamoasi futbolchisi bilan besh yillik shartnoma uzil-kesil kelishilgan. Diomand joriy hafta oxirigacha bosh murabbiy Joze Mourino boshchiligidagi imashg’ulotlarga qo‘shilishi uchun transferni tezroq rasmiylashtirish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Diomandu bo‘yicha kelishuv hafta boshida yakunlanishi kutilgan edi, biroq klublar o‘rtasidagi ba’zi kelishmovchiliklar transferni rasmiylashtirishni kechiktirdi. Payshanba kuni Rodri bo‘yicha rejalashtirilgan muzokaralar shu sababli qoldirildi. Biroq, "Real"ning ispaniyalikni sotib olish rejasi o‘zgarishsiz qolmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting