locale OZ

\"Real\" Dias bilan shartnomani uzaytiradi

Tomonlar 2031 yilgacha bitim imzolashi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Dias bilan shartnomani uzaytiradi
Photo: Getty Images

Madridning “Real” klubi Brahim Dias bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.

Insayder Fabrizio Romanoning xabariga ko‘ra, klub va 25 yoshli yarim himoyachi bilan ikki hafta davom etgan muzokaralardan so‘ng deyarli kelishuvga erishilgan.

Yangi shartnoma 2031 yilning yozigacha imzolanadi.

Brahimning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanadi. O‘tgan mavsumda u La Ligada 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting