Real daromad borasida yana dunyoning eng boy klubiga aylandi
Real daromad borasida yana dunyoning eng boy klubiga aylandi
Deloitte auditorlik kompaniyasi 2024/25 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra jahon futbol klublarining daromadlari reytingini e’lon qildi (rasmda summalar funtda ko‘rsatilgan).
Madridliklar qatorasiga uchinchi yil ushbu ro‘yxatda peshqadamlik qilishmoqda. O‘tgan mavsumda klub 1,161 mlrd yevro ishlab topdi (bir yil avval bu ko‘rsatkich 1,046 mlrd yevro edi). Ta’kidlash kerak, Real tarixda bir yil ichida 1 mlrd yevrodan ortiq daromad ko‘rgan ilk klub hisoblanadi.
Daromadlar manbasi:
Tijoriy daromadlar: 593,6 mln yevro (+23%). O‘sishga atributikalar savdosining yaxshilanishi va yangi tijoriy hamkorlar sabab bo‘lgan.
TV-translyatsiyalar: 334,9 mln yevro.
O‘yin kunlaridan tushum (Matchday): 232,5 mln yevro (bu yo‘nalishda 6 foizga pasayish kuzatilgan).