«Real» Courtois bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images
Madridning "Real" klubi darvozaboni Thibaut Courtois bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, 33 yoshli belgiyalik posbon 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini yana 1 yilga uzaytiradi.
Tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha allaqachon o‘zaro bir to‘xtamga kelgan. Courtois "Real"da qolishni xohlaydi va bitimga rozi bo‘lgan.
Courtois 2018 yildan beri "qirolicha" klub safida harakat qilmoqda. Hozirda Transfermarkt tomonidan 20 million yevroga baholangan. U "Real" tarkibida 288 ta o‘yinda maydonga tushib, 282 ta gol o‘tkazib yuborgan va 113 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor