locale OZ

\"Real\" Carrerani sotib olishga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Carrerani sotib olishga yaqin turibdi
Photo: Getty Images

“Benfika” himoyachisi Alvaro Carreras faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Marca.

Qayd etilishicha, “Benfika” chap qanot himoyachisi bo‘yicha muzokaralar bahordan beri davom etmoqda. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng Carreras “qirolicha” klub a'zosiga aylanishi kutilmoqda.

Transfermarkt portali Alvaro Carrerasning transfer qiymatini 35 mln yevroga baholamoqda.

Futbolchining “Benfika” bilan shartnomasida 50 mln yevro tovon puli ko‘rsatilgan.

Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Alvaro “Real”ning 4-xaridiga aylanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting