«Real» Brozovichga qiziqish bildirmoqda
Madridning “Real” klubi tajribali yarim himoyachi Marselo Brozovichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” rahbariyati 33 yoshli futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, uning holati va kelajagi bo‘yicha ma’lumot to‘plagan. Qayd etilishicha, “Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Brozovichni jamoa tarkibini kuchaytirish uchun munosib nomzod deb hisoblamoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, xorvat yarim himoyachisi madridliklar bilan bir yillik shartnoma imzolashi mumkin.
Marselo Brozovich 2026 yil iyul oyida “An-Nasr” bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agentga aylandi. Saudiya klubi tajribali futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qildi.
Brozovich 2023 yilda Milanning “Inter” klubidan “An-Nasr” safiga o‘tgan edi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.