locale OZ

«Real» bosh murabbiyligiga ikki nafar nomzod bor

Asosiy nomzod Mourinyo.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» bosh murabbiyligiga ikki nafar nomzod bor
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiy lavozimi uchun nomzodlar sonini besh nafardan ikki nafarga kamaytirdi.

El Mundo nashri xabar berishicha, Madrid klubi Yurgen Klopp, Maurisio Pochetino va Lionel Skaloni taklifini ko‘rib chiqish fikridan voz kechgan.

Eng asosiy nomzod – Joze Mourinyo, u avval ham “Real”ni boshqargan. Zaxira variant sifatida Didye Desham ko‘rib chiqilmoqda, u Jahon chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketadi.

“Real” La Ligada ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Barselona”dan 11 ochko ortda. Yakshanba, 10 may kuni, jamoalar El-Klassiko doirasida to‘qnashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting