«Real» bilan bogʻliq muammolar Alosno sababli emas — manba
«Real» ichki doiralarida jamoaning hozirgi qiyinchiliklari faqat Xabi Alonso faoliyati bilan bog‘liq emasligi ta’kidlanmoqda. Bu haqda The Athletic xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, kiyinish xonasiga yaqin bo‘lgan shaxslar futbolchilar bosh murabbiyning talablarini to‘liq qabul qilmayotganini aytishgan. Biroq suhbatdoshlar muammo ildizi faqat Alonsoning o‘zida emasligini urg‘ulamoqda.
«Masala Alonsoda emas. Mbappe, Vinisius Junior va Bellingem birga samarali o‘ynay olishmayapti. Bunday uchlik bilan muvozanatli tarkib qurish juda qiyin», — deydi anonim manbalardan biri.
Madridliklar so‘nggi besh o‘yinda barcha musobaqalar bo‘yicha atigi bitta g‘alabaga erishdi. Masalan, 30 noyabr kuni jamoa La Liga 14-turida «Jirona» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Klub va murabbiylar shtabidagi manbalar vaziyatni tuzatish oson bo‘lmasligini tan olishmoqda.