«Real» Bellinghem va Konatening professional yondashuvidan mamnun
Madridning «Real» klubida Jud Bellinghem va Ibraima Konatening futbolga bo‘lgan professional munosabati yuqori baholanmoqda.
Jurnalist Xavyer Rodriges Paskual klubdagi manbalariga tayanib xabar berishicha, angliyalik yarim himoyachi va fransiyalik himoyachi intizomli hamda mehnatsevar futbolchilar sifatida ajralib turishmoqda.
Manbalar ta’kidlashicha, har ikki futbolchi sog‘lom turmush tarziga amal qiladi va o‘z ustida muntazam ishlashga harakat qiladi. Bu jihatlar «Real» rahbariyati tomonidan ijobiy qabul qilinmoqda.
Jud Bellinghem 2023 yil yozida Dortmundning «Borussiya» klubidan «Real»ga ko‘chib o‘tgan. Ibraima Konate esa joriy mavsum oldidan «Liverpul»dan Madrid klubiga erkin agent sifatida qo‘shilgan.