«Real» Bellingham bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi
«Real» yarim himoyachi Jude Bellingham bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.
The Touchline xabariga ko‘ra, Madrid klubi kelajakda Angliya Premyer-ligasi jamoalari futbolchi uchun taklif bilan chiqishi mumkinligini hisobga olmoqda.
Shu sababli «Real» Bellingham bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi shartnoma tuzmoqchi. Madrid klubi futbolchining kelajagini oldindan kafolatlash va APL klublarining ehtimoliy qiziqishiga qarshi choralar ko‘rishni maqsad qilgan.
Bir necha kun avval matbuotda «Real» Bellingham bilan maoshi oshirilgan yangi shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.
23 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028/29-yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan. Bellingham «Real» safida 148 ta bahsda maydonga tushib, 49 ta gol urgan va 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan.