locale OZ

«Real» Alvaro Karrerasni saqlab qolmoqchi

Uning Real bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Real Alvaro Carrerasni saqlab qolmoqchi
ФОТО: Getty images

Madridning Real klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni 2026/27 yilgi mavsum uchun jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o'zining X sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi asosiy chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyaning o'rinbosari sifatida ko'rilmoqda.

Shuningdek, "qaymoqranglilar" rahbariyati Karreras uchun kelib tushgan “Manchester Yunayted” va “Chelsi”ning transfer so'rovlariga rad javobini bergan.

2025/26 yilgi mavsumda Alvaro Karreras barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting