«Real» Alonsoga ishonishda davom etmoqda — manba
Madridning «Real» klubi rahbariyati jamoa La Liga peshqadamligini boy berganiga qaramay, bosh murabbiy Xabi Alonsoni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub Alonsoning kelajagini belgilab beradigan aniq muddat yoki o‘yinlar sonini belgilamagan. «Real» rahbariyati jamoa hali ham kuchli ekanini, futbolchilarning ko‘plab jarohatlari esa barqarorlikka ta’sir qilganini yaxshi tushunadi.
Qiyinchiliklarga qaramay, «Olimpiakos» (3:4) va «Jirona» (1:1) bilan o‘yinlarda jamoaning o‘sish tendensiyalari yaqqol sezilgan.
Shuningdek, 3 dekabr kuni «Atletik»ga qarshi bo‘ladigan bahs vaziyatni yaxshilash uchun muhim imkoniyat sifatida qaralmoqda, ammo u Alonsoning taqdiri uchun hal qiluvchi o‘yin bo‘lmaydi.