locale OZ

«Real» Aleksis Makallisterni sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Aleksis Makallisterni sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

“Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yozgi transfer oynasi vaqtida markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Defensa Central nashrining xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis “Liverpul” futbolchisi Aleksis Makallisterga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Alonsoga argentinalik futbolchining texnikasi va taktik moslashuvchanligi juda yoqadi. U Makallisterni Kroos va Modrich klubni tark etganidan keyin yarim himoyadagi asosiy figuralardan biriga aylantirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Makallisterning “Liverpul” bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali uning transfer narxini 100 million yevro deb baholagan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting