\"Real\" 33 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madrid klubidan kutilmagan yurish
Photo: Getty Images
“Osasuna” klubi hujumchisi Ante Budimir faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, 33 yoshli xorvatiyalik hujumchiga “Beshiktosh” ham qiziqmoqda. U o‘tgan mavsumda La Ligada 21 ta gol urib, Pamplona jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Chempionatda esa Kylian Mbappe ("Real", 31 ta gol) va Robert Lewandowski ("Barselona", 27 ta gol)dan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.
Antening “Osasuna” bilan kelishuvi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Uning tovon puli 20 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist