«Real» 2026/27 yilgi mavsum uchun safar libosini taqdim qildi
Madridning “Real” klubi rasmiy sayti orqali 2026/27 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan ikkinchi (safar) o‘yin formasini namoyish etdi.
Yangi libos Adidas bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, u to‘q yashil rangda tayyorlangan. Dizaynda krem tusidagi bezaklar qo‘llanilgan bo‘lib, klub avval foydalangan ranglar uyg‘unligi zamonaviy uslubda qayta talqin qilingan.
Libosda klub bosh harflari aks etgan engil geometrik naqshlar joy olgan. Shuningdek, futbolkaga krem rangli bezaklar bilan ishlangan zamonaviy yoqa qo‘shilgan.
Bundan tashqari, libosda Adidas'ning mashhur Trefoil logotipi ham joylashtirilgan. Klub ta’kidlashicha, ushbu logotip yuqori texnologiyali sport yechimlarini futbol madaniyati va maydon tashqarisidagi uslub bilan uyg‘unlashtiradi.