locale OZ

Rasmus Hoylund «Napoli»ga toʻliq transfer qilinadi

Kelishuv narxi 44 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmus Hoylund «Napoli»ga toʻliq transfer qilinadi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning 23 yoshli hujumchisi Rasmus Hoylund faoliyatini doimiy ravishda «Napoli»da davom ettiradi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

A Seriyaning 37-turida «Piza»ga (3:0) qarshi kechgan oʻyinda Hoylund gol va assist qayd etdi. Ushbu gʻalabadan soʻng neapolliklar muddatidan oldin Yevropa Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi, bu esa forvardni toʻliq sotib olish shartlaridan biri edi.

Manbaga koʻra, transfer summasi 44 million yevroni tashkil etadi. Maʼlumot uchun, Xoylund joriy mavsumda 48 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting