Rasmiy: Luka Modrich mavsum oxirida \"Real\"ni tark etadi
U "qirolicha" klubida 13 yil o‘ynadi
Photo: Getty Images
“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich mavsum yakuniga yetganidan so‘ng jamoani tark etadi.
Bu haqda futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. Avvalroq futbolchi jamoa bilan shartnomasini uzaytirish borasida xabarlar tarqalgan edi.
Modrich 2012 yildan buyon "Real Madrid"da o‘ynab kelmoqda. 39 yoshli yarim himoyachi "Madrid" safida 13 yil davomida 28 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan, jumladan 6 ta Chempionlar Ligasi sovriniga ega chiqqan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist