Rasmiy: Leroy Sane — \"Galatasaray\" futbolchisi
Photo: Getty Images
Leroy Sane faoliyatini "Galatasaray"da davom ettiradi.
“Bavariya” bilan shartnomasi yakunlangan 29 yoshli vinger erkin agent sifatida Turkiya chempioni safiga o'tdi.
Bitim 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Sane turkiyaliklar safida yiliga soliqlardan keyin 9 million yevro maosh oladi. Shuningdek, 3 mln yevro atrofida bonus olishi ham ko'zda tutilgan.
Germaniyalik futbolchi o'tgan mavsumda Bundesligada 30 o'yinda 11 gol va 5 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.