Rasmiy. Benzema – «Al Hilol» futbolchisi
Riyod klubidan jiddiy yurish.
Фото: Ал Хилал
Fransiyalik hujumchi Karim Benzema faoliyatini “Al Hilol”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Riyod klubi 38 yoshli futbolchining transferini e’lon qildi.
Avvalroq fransiyalik futbolchi Riyod klubi bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagani xabar qilingan edi.
Benzema “Al Ittihod”ning yangi taklifidan norozi bo‘lib, klub safida o‘ynamaslikka qaror qilgandi.
Joriy mavsumda Karim Saudiya Proligasida 14 o‘yinda 8 ta gol urgan. Ungacha “Beshiktosh” va “Fenerbahche” jamoalari ham qiziqish bildirayotgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist