locale OZ

Rasmiy: Ait-Nuri — \"Manchester City\" futbolchisi

"Shaharliklar" dastlabki transferini e'lon qildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy: Ait-Nuri — "Manchester City" futbolchisi
Photo: Getty Images

“Manchester City" klubi 24 yoshli jazoirlik qanot himoyachisi Ryan Ait-Nuri transferini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, himoyachi “shaharliklar” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Uning transfer qiymati 37 mln yevroni tashkil etgan.

O‘tgan mavsum Ait-Nuri "Wolverhampton" safida APLda 37 o‘yin o‘tkazib, 4 gol va 7 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ait-Nuri APLda 2020/21 mavsumdan beri o‘ynaydi. Uning hisobida ligada 135 ta o‘yin va 11 ta golli uzatma bor (oxirgi mavsumda – 7 ta).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting