Rasman! Yamal yana olti yil \"Barselona\" sharafini himoya qiladi
Xozirgina Ispaniyaning “Barselona” futbol jamoasi o'yinchisi Lamin Yamal “ko'k-anorrangliklar” bilan amaldagi shartnomasini 2031- yilga qadar uzaytirdi. Bu haqida “kataloniyaliklar”ning rasmiy sahifalari xabar bermoqda.

Shuday qilib yosh iqtidor egasi yana olti yillik faoliyati davomida “Barselona” bilan birga bo'ladi hamda klub bilan birgalikda barcha jamoaviy va shahsiy sovrinlarni qo'lga kiritishga urinib ko'radi.
O'sha paytda endigina o'n besh yoshda bo'lgan Lamin Yamal “kataloniya” jamoasi libosida ilk bor 2023 yil 29 aprelda maydonga tushgan edi. U allaqachon “Barselona” tarkibida 106 uchrashuvni o'tkazib, 25 ta gol va 34 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'yishga ulgurdi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni Sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.