Rasman: UEFA “Real Madrid”ning uch nafar futbolchisini jazoladi
FOTO: UEFA.com
UEFA Madridning “Real” klubi futbolchilari Kilian Mbappe, Antonio Ryudiger va Dani Seballos ishi bo'yicha yakuniy qarorni e'lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Manbaga ko'ra, Ryudiger 40 ming yevro, Mbappe 30 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, ikkala futbolchi ham Chempionlar Ligasi doirasida bir o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Dani Seballos esa 20 ming yevro jarima to'lashi belgilab qo'yildi. Unga nisbatan chetlatish jazosi qo'llanilmadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu futbolchilar Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Atletiko” ustidan g'alaba qozonilganidan so'ng nomaqbul xatti-harakatlar qilgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist