Rasman: «Real» Militao jarohat olganini e'lon qildi
Braziliyalik himoyachi «Man Siti»ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi matbuot xizmati Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldidan himoyachi Eder Militao jarohat olganini ma’lum qildi.
«Madridning «Real» tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, Eder Militaoda chap oyog‘ining son qismidagi ikki boshli mushakning yirtilishi va proksimal payning shikastlanishi aniqlangan. Uning tiklanish jarayoni shifokorlar nazoratida olib boriladi», — deyiladi klubning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Militao joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist